O‘zLiDeP ko‘magi bilan tadbirkor Zulfiya Dilimova faoliyatini kengaytirdi

14.10.2018, 11:56

O‘zLiDeP ko‘magi bilan tadbirkor Zulfiya Dilimova faoliyatini kengaytirdi

Zulfiya Dilimova yosh bo‘lishiga qaramay tikuvchilikda ancha mohir. U tikkan ayollar liboslari ichki bozorda xaridorlariga ega. Atrofida 10 nafarga yaqin shogirdlari bor. Endilikda hunarmand faoliyatini yanada kengaytirib, o‘zi istiqomat qiladigan Andijon tumani markazida tikuv tsehi ochmoqchi. Ma’lum me’yorda mablag‘i bor, biroq faoliyat boshlash uchun kamlik qilishi turgan gap. Kredit olish masalasida esa boshi qotgan. O‘zLiDeP Andijon tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarda Zulfiyaning maqsadi sari dadil qadam tashlandi. “Har bir oila - tadbirkor” dasturi ijrosi yuzasidan tashkillashtirilgan tadbirda asosan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi xotin-qizlarga mutasaddilar tomonidan atroflicha maslahat, tavsiya, ko‘nikma va yordamlar berildi.

-Kredit mablag‘i hisobiga faoliyat boshlash oson emasdek tuyulayotgandi, - deydi Zulfiya Dilimova. – Ammo bugungi seminarda bu boradagi qo‘rquv yo‘qoldi. Savollarimga javob olish bilan bir qatorda O‘zLiDeP ko‘magida tijorat banki tuman filialidan 15 million so‘mlik (7 foizlik) imtiyozli kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Buning uchun partiyaga rahmat!

Ishbilarmon, tashabbuskor, intiluvchan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qiziqishlariga imkon berishga qaratilgan bu kabi tadbirlar joylarda tizimli ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Naziraxon Tolipova,

O‘zLiDeP Andijon tuman Kengashi

ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    959
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилоятьи, Учқудуқ тумани2018-10-15 17:00:48

Партиямиз кўмаги билан тадбиркорлик субектлари фаолияти кенгайиши барчамизни қувонтиради албатта. Биз электоратимизни доимо қуллаб-қувватлаймиз.


Fikringizni qoldiring

+