“QIRQQIZ IZIDAN”

30.11.2017, 18:07

“QIRQQIZ IZIDAN”

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi “Ilm fan va ayol” uyushmasi bilan hamkorlikda “Qirqqiz izidan” mavzusida tadbir tashkil etdi. Unda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni ilm-fan taraqiyotidagi o‘rni va rolini kuchaytirish ta’lim va fan yo‘nalishida alohida iqtidorga ega qizlarni qo‘llab quvvatlash masalalari muhokama etildi. Tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Qobulova, O’zLiDeP Termiz shahar Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Termiz davlat universiteti dotsent Z.Nurova va 450 nafardan ziyod talaba yoshlar ishtirok etdi.   

– Ilm olish igna bilan quduq qazishdek murakkab, – deydi Z.Nurova. – Shunday bo‘lishiga qaramay, ilm olishni hayotining mazmuni deb bilgan qizlarimiz juda ko‘p. Joriy yilning o‘zida 2 nafar talaba-qizimiz davlat stipendiyasini oldi. Iqtidorli qizlar bilan ishlashda va ularni o‘z vaqtida rag‘batlantirib borishda O’zLiDeP bilan doimiy hamkorlik qilib boryapmiz.

Tadbir yakunida Termiz davlat universitetining bir guruh iqtidorli talabalari O’zLiDeP safiga qabul qilindi. 

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1877
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+