Deputat ko‘magi bilan Andijonda 12 metrlik zamonaviy ko‘prik qurildi

30.11.2017, 18:46

Deputat ko‘magi bilan Andijonda 12 metrlik zamonaviy ko‘prik qurildi

Davlatimiz rahbari shu yilning 12 iyulida Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida deputatalar xalqimizning og‘irini yengil qilishi, saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi bugungi kunning muhim vazifasi, deya takidlagan edilar. O‘sha uchrashuv siyosiy partiyalar hamda deputatlarning sergak tortishiga,  o‘z zimmasidagi masuliyatini yanada teranroq anglashiga turtki bo‘ldi.

Videoselektorda belgilab berilgan vazifalar bugungi kunda o‘z ijrosini  topmoqda. Deputat Azizbek Daminov Izboskan tumanidagi 1-Jonobod saylov okrugidan Xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashiga deputat etib saylangan.  U har oyda ikki marotaba ta’lim muassasalarida mahallalardagi uyushmagan yoshlar va xotin-qizlar bilan ularning bandligini ta’minlash va muammolarini o‘rganish maqsadida davra suhbatlari tashkil etadi.

– Izboskan tumanining Jonobod va Qo‘shko‘prik mahallalari o‘rtasida katta kanal bor, – deydi Jonobod MFYda istiqomat qiluvchi Ro‘zixon Sobirova. – Ikki mahalla aholisi bir-biri bilan aylanma yo‘llar orqali “bordi-keldi” qilishardi. Bizga bog‘lovchi ko‘prik juda zarur edi. Bu muommo Azizbek Daminov aralashivi bilan hal bo‘lgandan so‘ng deputat saylashda adashmaganimizni his qildik. Hozirda qo‘shni mahalla bilan bizni uzunligi 12 metrdan iborat zamonaviy ko‘prik bog‘lab turadi.  

Qaymoqli, Ustozlar, Davr, Yangi hayot kabi mahalla ko‘chalarini asfaltlashtirish, aholining ichimlik suvi tanqisligi muammosini hal qilish, tibbiy muolajaga muhtojlarga ko‘maklashish kabi ezgu sa’y-harakatlar zamirida ham deputatning fidoyiligi mujassam.

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1423
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+