O‘zLiDeP deputati o‘quvchilarning o‘quv kitoblari ijarasini to‘lashda homiylik qildi

24.10.2018, 15:42

O‘zLiDeP deputati o‘quvchilarning o‘quv  kitoblari ijarasini to‘lashda homiylik qildi

Azizbek Daminov Xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashiga 1-Jonobod saylov okrugidan saylangan. Ayni kunga qadar deputat aholi manfaatlarini himoya qilish bilan birga, fuqarolarga qanday yordam kerak bo‘lsa, barchasini sidqidildan bajarmoqda. Ayniqsa, A. Daminovning kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, yakka-yolg‘izlar, keksalarga ko‘rsatayotgan beminnat ko‘maklari e’tirof etishga arziydi. O‘zLiDeP Izboskan tuman Kengashi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat” ko‘rik-tanlovida Azizbek Daminov nomzodini tanlovning viloyat bosqichida qatnashish uchun tavsiya etganlari ham bejiz emas.

– Yangi o‘quv yili boshidayoq tumandagi 800 nafar o‘quvchini bag‘riga chorlagan 22-umumta’lim maktabidagi 150 nafar moddiy yordamga muhtoj oila farzandlariga homiylik qilgani ko‘pchilikka manzur bo‘ldi, – deydi partiya Izboskan tuman Kengashi ijrochi kotibi Zuhraxon Haydarova. – O‘quvchilarning o‘quv kitoblari ijarasini to‘lash bilan bir qatorda ularga zaruriy yordamlarni berganidan ota-onalar ham xursand.

Viloyatning barcha shahar, tumanlarida bo‘lib o‘tayotgan tanlovning quyi bosqichlarida deputatlarimiz faoliyati atroflicha o‘rganilmoqda. Tanlovning viloyat bosqichida Marhamat tumanidan Shahlo Husanova, Andijon tumandan Jasurbek Rejavaliyev ishtirok etishadi.

Risolatxon Niyazova,

 Xalq deputatlari Andijon viloyat

Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik

guruhi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    968
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб2018-10-25 08:37:07

Софдошимиз партия фидойиси, олийжаноб инсон Азизбек Даминовнинг хаурли ишлари мактовга лоийк. Болаларни рози килишдан уларнинг уйнаб кулганини куришдан катта бахт булмаса керак. Рахмат Сизга, келгуси ишларингизда омад яр булсин!


Fikringizni qoldiring

+