“Knyaz baby” rahbari tadbirkor xotin-qizlarga mahorat darsi o‘tdi

29.10.2018, 18:29

“Knyaz baby” rahbari tadbirkor  xotin-qizlarga mahorat darsi o‘tdi

Mehriniso Isroilova Asaka tumanidagi “Knyaz baby” MChJ rahbari. Hozir u rahbarlik qilayotgan korxonada tayyorlayotgan chaqaloqlar kiyimi hamda yumshoq yostiqchalar ichki va tashqi bozorda xaridorgir.

Anchadan buyon partiya Asaka tuman Kengashiga bir guruh tadbirkor xotin-qizlar mahorat darsi tashkil etish yuzasidan taklif berishayotgan edi. Shu bois, O’zLiDeP Asaka tuman Kengashi tomonidan M.Isroilova ishtirokida Asaka akademik litseyida mahorat darsi tashkil etildi.

Amaliy mashg‘ulotlarda “StartUp” loyihalarini muvaffaqiyatli yuritish, farovon biznes va totuv oila sirlari ochib berilgani ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

 – Tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘z biznesimni yo‘lga qo‘ymoqchiman, – deydi  Madinaxon Badalova. – Bugungi uchrashuv tadbirkorlikdek murakkab, ayni chog‘da  jamiyatimiz uchun nihoyatda zarur va foydali bo‘lgan sohaning sir-asrorlarini bilib olishimizda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunday uchrashuvlarni ko‘proq o‘tkazish tadbirkor yoshlar safini yanada kengaytiradi.

Tadbirda partiyaga yangi a’zo bo‘lgan ishtirokchilarga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Boburmirzo XOJIAKBAROV,

O‘zLiDeP Asaka tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1034
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+