O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” kegeylilik xotin-qizlar o‘rtasida musobaqa tashkil etdi

21.11.2018, 15:43

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” kegeylilik xotin-qizlar o‘rtasida musobaqa tashkil etdi

O‘zLiDeP Kegayli tuman Kengashi “Ayollar qanoti” hududdagi xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etdi.

Unda tumandagi korxona va tashkilotlardan tashkil topgan 6 ta jamoa o‘zaro bellashdi.

–Musobaqadan ko‘zlangan maqsad – xotin-qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, salomatligini mustahkamlash va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashishdan iborat, – deydi O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi mas’ul xodimi Asem Sirimbetova. – Chunki ayollar oila tashvishlari va bola parvarishi bilan ovora bo‘lib, sport bilan shug‘ullanishga vaqt ajrata olmaydi. Bu kabi musobaqalar esa xotin-qizlarni sog‘ligini tiklash barobarida sog‘lom onadan sog‘lom farzand dunyoga kelishini ta’minlaydi.

Musobaqa yakunida tumandagi 24-sonli maktab jamoasi 3-o‘rin, 9-sonli maktab jamoasi 2-o‘rin, 4- sonli maktab jamosi esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1273
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+