O‘zLiDeP deputati yordamida Shaxlo Samadovaning ikkala opasi nogironlik aravachasi bilan ta’minlanib, xonadonga elektr energiyasi yetkazildi

05.12.2017, 15:56

O‘zLiDeP deputati yordamida Shaxlo Samadovaning ikkala opasi nogironlik aravachasi bilan ta’minlanib, xonadonga elektr energiyasi yetkazildi

Davlatimiz rahbari shu yil 12 iyulda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishida deputatlar xalqimizning og‘irini yengil qilishi, saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi bugungi kunning muhim vazifasi ekanini alohida takidlagani bejiz emas.

O‘zLiDeP Sariosiyo tuman Kengashi aholini o‘ylantirayotgan muommo va masalalarni deputatlik guruhlari bilan hamkorlikda ijobiy yechim topishga alohida e’tibor qaratib kelayotir.

Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Maqsuda Zaripova o‘z deputatlik vakolati va ma’suliyatini his qilgan holda aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilash, shahar va qishloq infratuzilmasini yanada rivojlantirish  bo‘yicha ko‘plab amaliy ishlarni bajardi. Unga  joriy yilning 11 oyi davomida fuqarolar tomonidan 25 ta ariza va shikoyatlar tushgan bo‘lib, ularning 22 tasi deputat tomonidan ijobiy hal qilindi.

Ana shunday murojaatlardan biri Sariosiyo tuman “Sharg‘un” shahar “Bog‘ushamol” mahallasida yashovchi Shahlo Samadovaning murojaatidir. U ikki opasi Gulbahor Samadova va Sanobar Samadova nogiron ekani hamda onasi Xursanoy Samadovaning ko‘zi ojizligi tufayli ularga nogironlik aravachasi olib berishni so‘rab Maqsuda Zaripovaga murojaat qilgan edi. Deputatning say-harakatlari natijasida tuman hokimligi tomonidan Shahlo Samadovaning ikkala opasi ham nogironlik aravachasi bilan ta’minlandi.

 OzLiDeP Surxondaryo  viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    2007
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+