Asakada partiyaning “Yosh lider qizlar” klubi faollarining “Mohir qo‘llar” nomli ko‘rgazmasi namoyish etildi

29.11.2018, 17:48

Asakada partiyaning “Yosh lider qizlar” klubi faollarining “Mohir qo‘llar” nomli ko‘rgazmasi namoyish etildi

Shohista Djurayeva O‘zLiDeP Asaka tuman Kengashi “Ayollar qanoti”ning “Yosh lider qizlar” klubi faoli. Uning ilg‘or tashabbuslari atrofidagi tadbirkorlikka qiziquvchi tengdoshlariga qanot bo‘lmoqda.                                       

Xususan, O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan Axtachi pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – islohotlarning muhim poydevori” mavzuida tashkil etilgan tadbirda Shohista kabi iqtidorli hunarmand qizlar tayyorlagan “Mohir qo‘llar” nomli ko‘rgazma namoyish etildi.

–Tadbirkorlikka ilk qadamlar aynan mana shunday rag‘batlardan boshlanadi, – deydi Sh.Djurayeva. – Bugungi tadbirda nafaqat qo‘l mehnatlarimiz mahsullarini namoyish qildik, shu bilan birga, ishbilarmonlik muhitida qanday qilib o‘z o‘rnimizga ega bo‘lishning qonuniy asoslarini Qomusimizda belgilangan me’yorlar orqali bildik, o‘rgandik.

Tadbir yakunida partiya faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan kollej yoshlar yetakchisi I.Xolmatova nomzodi istiqbolli kadrlar zaxirasi uchun Maxsus komissiyaga tavsiya etildi.

                                                        Boburmirzo XOJIAKBAROV,

                                  O‘zLiDeP Asaka tuman

Kengashi apparat rahbari

 

  • Ko'rildi
    1522
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+