Nukuslik tarafdorlarimiz soni 20 nafarga ko‘paydi

30.11.2018, 16:49

Nukuslik tarafdorlarimiz soni  20 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP Nukus shahar Kengashi “Ayollar qanoti” O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida “Biz tashabbuskor va fidoyilar safidamiz” shiori ostida uchrashuv o‘tkazdi.  

Tadbirda partiyaning g‘oyaviy maqsad va dasturlarini targ‘ib-tashviq qilish, partiyaning bugungi kundagi faoliyati, yoshlarni tadbirkorlikka kengroq jalb etish, faol va tashabbuskor yigit-qizlarni partiya kadrlar zaxirasiga olish, safdoshlarimiz sonini ko‘paytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

– Keyingi yillarda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi  “Rivoj-Yulduz” MChJ rahbari Z.Karimbayev. – To‘g‘risi, faoliyatimiz davomida ko‘p marotaba turli to‘siq va g‘ovlarga duch kelganmiz. Hozir “ishlayman, yangi ish o‘rni yarataman”, degan tadbirkorlar uchun barcha sharoitlar mavjud. Endi faqat va faqat ishlash, mehnat qilish kerak.

Tadbir yakunida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 20 nafar tadbirkorga O‘zLiDeP a’zolik guvohnomasi topshirildi. 

     Asem SIRIMBETOVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi xodimi

  • Ko'rildi
    981
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умидахон Исаева. Андижон вилоят кенгаши Аёллар қаноти бўлим мудири2018-11-30 17:19:18

Фаол ва ташаббускор йигит-қизларни партия кадрлар захирасига олиш, сафдошларимиз сонини кўпайтириш каби масалаларда чарчаманг партиядошлар.


Умидахон Исаева. Андижон вилоят кенгаши Аёллар қаноти бўлим мудири2018-11-30 17:18:12

Фаол ва ташаббускор йигит-қизларни партия кадрлар захирасига олиш, сафдошларимиз сонини кўпайтириш каби масалаларда чарчаманг партиядошлар.


Fikringizni qoldiring

+