Yashnobodda bo‘lgan O‘zLiDeP tadbirida 10 ga yaqin muammoga yechim topildi

13.12.2018, 17:42

Yashnobodda bo‘lgan O‘zLiDeP tadbirida  10 ga yaqin muammoga yechim topildi

O‘zLiDeP Toshkent shahar va Yashnobod tuman Kengashi hamkorlikda “Tadbirkorlikni rivojlantirish hamda himoya kilishni taminlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.  

Yig‘ilishda Yashnobod tuman hokimi Hojiakbar Tillashayxov, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Saidolim Nasretdinov, tuman prokraturasi xodimlari hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

– Asosiy vazifamiz aholining yashash sharoitini yaxshilash, – deydi Yashnobod tuman hokimi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Hojiakbar Tillashayxov. – Buning uchun esa tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz va ularning muammolariga yechim topishga ko‘makdosh bo‘lishimiz kerak. 

Yig‘ilishda tadbirkorning shikoyatlari ko‘rib chiqilib, 10 ga yaqin muammolarga shu joyning o‘zida yechim topildi.

Murodjon O‘RINOV,

OʻzLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    942
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-12-13 20:29:04

Бу каби тадбирларнинг ўтказилиши тадбиркорлар ҳуқуқий саводхонлигини оширишга, уларни партия билан ҳамкорлигини кучайтиришга, аҳоли ўртасида тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланувчилар сони ошиши асносида халқ фаровонлигига сабаб бўлади.


Fikringizni qoldiring

+