O‘zLiDeP oltinko‘llik eng namunali oilani taqdirladi

18.12.2018, 17:40

O‘zLiDeP oltinko‘llik eng  namunali oilani taqdirladi

Mahkamovlar oilasi nafaqat Oltinko‘l tumanida, balki viloyatda ham o‘z hurmatiga ega. Zero, bu oila vakillari “Eng namunali oila” respublika ko‘rik-tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Andijon sharafini himoya qilgan.

Shu bois, Mahkamovlar xonadonidagi totuvlik, har bir oila a’zosining jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi, tadbirkorlik borasidagi ibratli ishlari barchaga namuna qilishga arziydi.

O‘zLiDeP Oltinko‘l tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Sog‘lom oiladan – mustahkam oilaga” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda loyiha maqsadlarini o‘zida ifoda etgan tamoyillar mazkur oila misolida ko‘rsatib berildi.

– Tadbir xotin-qizlarning oila mustahkamligidagi o‘rni, jamiyatdagi mavqei, ishbilarmonlik muhitidagi roli masalalariga bag‘ishlandi, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Umidaxon Isayeva. – Eng muhimi, tadbir davomida partiyaning bir guruh faol xotin-qizlarini taqdirlash va ularning mehnatlarini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatishga erishdik.  

Tadbir yakunida tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlarining badiiy chiqishlari ishtirokchilarga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Husnora ABDULLAYEVA,

O‘zLiDeP Oltinko‘l  tuman

Kengashi apparat rahbari

  • Ko'rildi
    1285
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+