O‘zLiDeP Nukusda O‘zbek Jang san’ati bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi

24.12.2018, 18:45

O‘zLiDeP Nukusda O‘zbek Jang san’ati bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Nukus shahrida O‘zbek Jang san’ati bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston “O‘zbek Jang san’ati” Federatsiyasi raisi, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi” Po‘lat Usmonov, Federatsiyasi vitse-prezidenti, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Bobirjon Rasulev hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri G‘ayratbay Bayniyazovlar ishtirok etdi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlaridan tashrif buyurgan yosh sportchilar katnashdi. Sportchilarning chiqishlari, yakkama-yakka janglari hakamlar hay’ati va yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.  

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan dimlom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1597
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+