O‘zLiDeP namanganlik tadbirkorlarga Prezident murojaatnomasi mohiyatini tushintirdi

05.01.2019, 15:16

O‘zLiDeP namanganlik tadbirkorlarga  Prezident murojaatnomasi mohiyatini tushintirdi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Prezidentimizning mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga qilgan  Murojaatnomasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda Murojaatnomadan kelib chiqib amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida so‘z yuritildi.  

–Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berilishi 2018 yilda mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni davomchisi sifatida jamiyatni modernizatsiya qilish, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar oqimini kuchaytirishda keng imkoniyatlar eshigini ochadi, – deydi O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Rustamjon Xakimov. – Buni 2019 yilda faol investitsiya siyosati izchil davom ettirilib, qariyb 138 trln so‘mlik 2018 yilga nisbatan 16 foiz ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilishi hamda 142 zamonaviy korxonalar ishga tushirilishi ko‘zda tutilganligida ham  yaqqol ko‘rish mumkin.

Tadbirda so‘z olganlar murojaatnomada 2018 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar sarhisob qilinib, O‘zbekiston Respublikasini 2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilganini alohida  ta’kidlashdi.

Tadbir so‘ngida murojaatnomadan kelib chiqib, O’zLiDeP oldida turgan  ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    408
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+