Olima ayollar qibraylik fuqarolarga ekin ekish sirlarini o‘rgatdi

05.04.2019, 17:05

Olima ayollar qibraylik fuqarolarga ekin ekish sirlarini o‘rgatdi

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi "Ayollar qanoti" Qibray tumanidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy - tadqiqot institutida “Tomorqa madaniyati – farovonlik garovi” mavzusida o‘quv  seminar tashkil etdi.

Unda Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya viloyat Kengashi xodimlari, BPT raislari, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy - tadqiqot instituti olima ayollari ishtirok etdi.

Seminar davomida o‘simliklarni zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan himoya qilish yo‘llari va usullari, olima ayollar tomonidan amaliy misollar yordamida ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, tomorqada ekiladigan meva-sabzavotlarda uchraydigan ayrim kasalliklar va ularga qarshi kurash usullari bo‘yicha ham kengroq ma’lumotlar berildi.

– Tomorqada bir xil ekinni qayta-qayta ekishni tavsiya etilmaydi.  Lekin almashtirib ekish mumkin, – deydi Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Mahfuza Yusupova. – Urug‘liklarni ekishdan oldin iloji boricha tuzli suvga solib uvitib ekish kerak. Chunki bu jarayon amalda yaxshi samara bergan. Masalan, kartoshkani oladigan bo‘lsak, kolorado qo‘ng‘izi unib chiqqandan boshlab unga zarar keltiradi. Qo‘ng‘iz asosan tuproq yoki urug‘likda qishlab qoladi. Shu bois, unga qarshi “Superfos” degan oddiy intensivlar bilan vaqtida ishlov berish lozim.  

Tadbirda o‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik ishlar nafaqat xosildorlikni oshishiga, balki ancha mablag‘ tejalishiga ham xizmat qilishi ta’kidlandi. Fermer, dehqonlar bu tavsiyalarga amal qilishsa, ko‘zlagan hosilni yetishtirish mumkinligi qayd etildi.

 Axror TUYChIYEV,

O‘zLiDeP Toshkent viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1428
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+