O‘zLiDeP aksiyasi doirasida jomboylik maktab o‘quvchilariga kitob sovg‘a qilindi

12.04.2019, 19:29

O‘zLiDeP aksiyasi doirasida jomboylik maktab o‘quvchilariga kitob sovg‘a qilindi

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan “Durdona” loyihasi doirasida respublikamizning eng olis hududlarida tahsil olayotgan maktablarda “O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” nomli aksiya o‘tkazib kelinyapti.

Kuni kecha O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Suyarov ham o‘zi tahsil olgan 8-umumta’lim maktabida bo‘lib, iqtidorli o‘quvchilarga 30 dan ortiq kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi.

“Prezidentimiz ilgari surgan tashabbus biz rahbar xodimlarni xayrli ishlarda birlashtirdi. Farzandlarimizni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun ularga tanbeh berishimiz kamlik qiladi. Kitob insonni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi eng yaqin do‘st hisoblanadi. Kitobga bo‘lgan munosabatimiz o‘zgarayotganligining o‘zi katta yutug‘imizdir”, – deydi F.Suyarov.

Uchrashuvda shuningdek, partiya maqsad va vazifalari haqida yoshlarga kengroq ma’lumotlar berildi.

Ushbu xayrli aksiya tumanning boshqa maktablarida ham bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.  

Farid HASANOV,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1056
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+