O‘zLiDeP aksiyasi doirasida deputat o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qildi

24.04.2019, 14:44

O‘zLiDeP aksiyasi doirasida deputat  o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qildi

Avval xabar qilinganidek, shu kunlarda O‘zLiDeP hududiy tashkilotlari “Durdona” loyihasi doirasida joylarda “O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” nomli targ‘ibot aksiyasini o‘tkazib kelmoqda.

Aksiya doirasidagi navbatdagi tadbir partiya Paxtakor tuman Kengashi tomonidan hududdagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etildi.  

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Shamsiddin Karimov o‘quvchilarga kitob shaxsni ma’naviy yuksalishida beminnat ko‘makchi, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashda yengilmas kuch ekanini aytib, yoshlarni ko‘prok kitob mutolaa qilishga chaqirdi.

“Mutolaa insonga bilim va axborot beradi, uning ­ma’naviy olamini boyitadi. Shu bois, keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarni kitobga oshno qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi”, – deydi tuman xalq ta’limi bo‘limi shu’ba mudiri A.Rustamov.  

Tadbir so‘ngida xalq vakili Sh.Karimov tomonidan maktab kutubxonasiga 20 dan ortiq kitoblar tuhfa etildi. 

A.ISOMOV,

 O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1609
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+