Do‘stlik tumanida ham “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish markazi” ish boshladi

13.12.2017, 16:05

Do‘stlik tumanida ham “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish markazi” ish boshladi

O‘zLiDePning “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish markazi”ni tashkil etish loyihasi doirasida Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida ham ana shunday markaz tashkil etildi.

Mazkur markaz tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkor va fermer ayollarni  bir maqsad yo‘lida birlashtirib, ularning namunali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ommalashtirishda, turli muammolarga duch kelayotgan ishbilarmon opa-singillarimizga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda yaqindan yordam beradi.

Markaz taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirda o‘z faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga mahorat darslari tashkil etildi.

Ta’kidlash kerak, “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish markazi”i Arnasoy, Mirzacho‘l, Baxmal, G‘allaorol, Yangiobod, Zomin tumanlarida ham faoliyat yuritmoqda.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1726
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+