O‘zLiDeP deputati oqchangal va naymansoylik aholi tomorqasiga ekin ekishda ko‘maklashdi

30.04.2019, 18:47

O‘zLiDeP deputati oqchangal va naymansoylik aholi tomorqasiga ekin ekishda ko‘maklashdi

Avval xabar berganimizdek, barcha hududlarda bo‘lgani kabi O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati, tuman va shahar Kengashlari tomonidan ham partiya faollaridan tarkib topgan ishchi guruh vakillari aholi tomorqalarini o‘rganib, bo‘sh turgan yer maydonlaridan samarali foydalanish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti. Bu borada partiya deputatlik guruhi a’zolari ham o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Avazbek Payg‘amov rahbarligidagi ishchi guruh a’zolari “Oqchangal” qishlog‘i va “Naymansoy” mahallasidagi aholi tomorqalarini o‘rganishdi. Ushbu hududda istiqomat qilayotgan aholi tomorqalariga deputat ko‘magida sabzavot-poliz va mevali daraxt ko‘chatlari ekib berildi.

Ushbu qishloqda yashovchi S.Fayzullayevning xonadoni o‘rganilganda tomorqa yeriga texnika yordamida ishlov berish zarurligi aniqlandi. Xalq vakili homiyligida fuqaroni tomorqa yeriga texnikalar yordamida ishlov berilib, poliz ekinlari ekib berishda ko‘maklashildi. Shuningdek, Naymansoy mahallasidagi Komiljon ota xonadoniga ham sabzavot va mevali daraxt ko‘chatlari ekib berildi. 

– “Biz saylagan xalq vakili partiya faollari bilan kelishib, tomorqamizni texnikalar yordamida ishlov berishga yaqindan ko‘maklashdi. Bundan tashqari poliz va mevali daraxt ko‘chatlarini ham olib berishdi. Bunday xayrli ishlarni qilayotgan deputatlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, - deydi O‘zbekiston tuman Oqchangal qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.Fayzullayev.

O‘zLiDeP vakillari tomonidan tashkil etib kelinayotgan bu kabi amaliy ishlar viloyatning eng chekka qishloqlarida ham davom etmoqda.

Abror OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi mas’ul xodimi

  • Ko'rildi
    1145
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+