O‘zLiDeP aholiga Prezident farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirdi

23.05.2019, 15:10

O‘zLiDeP aholiga Prezident farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirdi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Qarshi xalqaro ayeroportida Prezidentimizning “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda so‘z olganlar mazkur farmon tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish, ayniqsa, asosiy elektoratimiz – tadbirkor va ishbilarmonlarni erkin samarali faoliyat yuritishlari uchun o‘z vaqtida qabul qilingan muhim hujjat ekanini ta’kidlab o‘tishdi.

–Ilgari tadbirkorlarimiz muammosini hal etish uchun tashkilotma-tashkilot sarson-sargardon bo‘lib yurardi, – deydi O`zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri F.Safarov. – Endi vaqti cheklangan ishbilarmon sarson bo‘lmaydi, qisqa fursatda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yadi. Faoliyati davomida uchrayotgan muammolarni vaqtida, tezkorlik bilan hal etadi. Zotan, mazkur farmon tadbirkorlarni qabul qilish va murojaatlarini ko‘rib chiqishning yagona tizimini shakllantiradi. 

Tadbir so‘nggida 8 nafar ishchi-xodim O‘zLiDeP safiga qabul qilinib, Qarshi xalqaro ayeroporti qoshida partiya BPT tashkil etildi. 

Asila SULTONOVA,

O‘zLiDeP Qashqadaryo

viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT STM
  • Ko'rildi
    1016
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+