11,9 mlrd so‘m – namanganlik tadbikorlar ixtiyoriga

18.12.2017, 12:53

11,9 mlrd  so‘m – namanganlik tadbikorlar ixtiyoriga

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP  deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘ldi. Unda viloyat mahalliy budjetining 2017 yil 11 oylik yakunlari  bo‘yicha viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i Tolibjon Yusupov hisobot berdi. Ta’kidlandiki,  o‘tgan 11 oy davomida viloyat mahalliy budjetining daromadlar qismini ortig‘i bilan bajarishga erishildi. Bunda asosiy e’tibor daromadlarning yangi manbaalarini topish va ishga solishga, kichik biznes va xususiy tadbikorlikni rivojlantirishga qaratildi. Xarajatlarning asosiy qismi ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga  yo‘naltirildi.

Hisobotda ta’kidlanishicha,  viloyatga rejaga muvofiq, 542 mlrd so‘m subvensiya ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, buni 492 mlrd so‘m miqdoriga kamaytirishga erishildi. Bunda asosan ichki daromad manbalarini ishga solinganligi ta’kidlandi. Jumladan, Chust, Kosonsoy, Uchqo‘rg‘on tumanlarida bu bo‘yicha erishilgan natijalar haqida atroflicha to‘xtaldi.

Deputatlar viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Anvarjon Sattarovning  soliq ma’murchiligini takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish haqidagi hisobotini ham muhokama qilishdi. Bunda 2018 yil 1 yanvardan boshlab foyda, obodonlashtirish va ijtimioiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlari birlashtirilib, soliq stavkasi 15,5 foiz o‘rniga 14,5 foizga tushirilishi va  shuning hisobidan viloyatdagi tadbikorlarning 1,3 mlrd  so‘m mablag‘i tejalishi  yoki tovar aylanmadan davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalarni birlashtirish va umumiy stavkani 3,2 foiz qilib belgilanganligi tufayli tadbirkorlik sub’ektlari ixtiyorida 11,9 mlrd so‘m mablag‘ qolishi kutilayotganligi ta’kidlandi. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari o‘rtacha 30 foizga pasaytirilayotganligi , jismoniy shaxslarga 4 tadan ko‘p bo‘lmagan holda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berilayotganligi va boshqa qator imtiyozlar haqida tushuncha berildi.    

Viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Vohidovning hisoboti ham barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Hisobotda ta’kidlanishicha, 2017 yilning o‘tgan 11 oyi mobaynida viloyatda jami 56 ming 718 ta ish o‘rinlari yaratildi. Shundan 49 ming 372 tasi qishloq joylarida yaratilgan.

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan deputatlar hududiy budjet daromadlarini ko‘paytirish, soliq imtiyozlari hamda yangi ish o‘rinlari yaratishda tadbikorlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan o‘z taklif-mulohazalarini bildirdilar.

Deputatlik guruhi hisobotlarni tinglab, muhokama etib, ushbu masalani xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qildi.

Komiljon FAYZIYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1353
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+