O‘zLiDeP deputatlik guruhi Kegeyli tuman moliya bo‘limi, tuman gaz va elektr ta’minoti korxonasi rahbarlari hisobotini eshitdi

18.12.2017, 16:21

O‘zLiDeP deputatlik guruhi Kegeyli tuman moliya bo‘limi, tuman gaz va elektr ta’minoti korxonasi rahbarlari hisobotini eshitdi

Xalq deputatlari Kegeyli tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastavval  mahalliy budjetning joriy yil 9 oy yakuni bo‘yicha tuman moliya bo‘limi rahbari K.Jiyenbayevning hisoboti tinglandi.  

Hisobotda ta’kidlanganidek, tumanda  mahalliy budjet parametr ko‘rsatkichi 55 mlrd 974 mln 985 ming so‘mni  tashkil etadi. Shundan, 2017 yilning 9 oy sarhisobi bo‘yicha mahalliy budjetdan moliyalashtiriluvchi budjet korxona-tashkilotlarini saqlash harajatlariga 42 mlrd 712 mln 804 ming so‘m ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, shundan 42 mlrd 659 mln 802 ming so‘m harajat ebasiga moliyalashtirish rejasi 99 % ga amalga oshirildi.    

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq Qabulxonasi Kegeyli tuman bo‘limi, davlat hokimiyat organlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlar, qishloq xo‘jaligi, obodonlashtirish va kommunal xizmatlar shuningdek, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sportni moliyalashtirishda ijobiy natijalarga erishilgani va rejalashtirilgan ishlarning natijasi haqida alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilishda Kegeyli tumanlararo gaz taminoti uchastkasi rahbari B.Uteshov ham hisobot berdi. Ta’kidlab o‘tilganidek, tumanda jami 1916 xo‘jalik suyultirilgan gazga hamda 24 ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlarni isitishga yoqilg‘ining alternativ turlaridan foydalanishga moslashtirilgan. Bugungi kunda tumanda 14528 iste’molchilardan 5004 xo‘jalik suyultirilgan gazdan, 9524 xo‘jalik tabiiy gazdan foydalanib kelmoqda. O‘rtacha hisob bilan 80% xo‘jalik ikki dona aylanma ballonlar bilan ta’minlandi. Tumanda suyultirilgan gaz ballonlarini saqlash va tarqatishga muljallangan servis markazlari tashkil etilmoqda.

Yig‘ilish davomida tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbarining ham hisoboti tinglandi.

Yig‘ilishda ko‘rilgan barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

G.SEYTNAZAROVA

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi xodimi

  • Ko'rildi
    1753
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+