O‘zLiDeP deputatlari Yangiqo‘rg‘ondagi 20 ga yaqin investitsiya loyihalarini o‘z nazoratiga oldi

19.07.2019, 16:28

O‘zLiDeP deputatlari Yangiqo‘rg‘ondagi 20 ga yaqin investitsiya loyihalarini o‘z nazoratiga oldi

Mamlakat iqtisodiyotining tez orada modernizatsiyalashuvi hamda sifat jihatdan yangilanishini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiya va ilg‘or texnologiyalar jalb qilinishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash O‘zLiDePning eng muhim vazifalaridan biridir. Partiya investitsiyalar oqimini ta’minlovchi, ularning oqilona taqsimoti va foydalanilishini amalga oshiruvchi samarali iqtisodiy tizim yaratilishiga ko‘maklashadi.

O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari va tuman investitsiya dasturiga kiritilgan loyiha tashabbuskorlari bilan o‘tkazilgan amaliy muloqot “Investitsiya – iqtisodiy rivojlanish omili” mavzusiga qaratildi.

Partiyamiz dasturida Investitsiyalarni jalb etish siyosati yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish sohalari rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi loyihalarni moliyalashtirish, davlatning eksport salohiyatini mustahkamlash, ichki bozorni aholi uchun arzon, mahalliy, raqobatbardosh mahsulot va xizmatlar bilan to‘ldirish kabi yo‘nalishlardan tarkib topgan bo‘lishi lozimligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan deydi -  O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi apparati rahbari R.Mirazimov.

Ayni shu vazifalarni amalga oshirishda partiyamiz ishtirokini ta’minlash maqsadida 2019 yilda Yangiqo‘rg‘on tumanida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining 20 dan ortig‘i O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan nazoratga olinib, loyihalarni o‘z muddatida ishga tushirilishiga ko‘maklashilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida 14 ta loyihalar ishga tushirilib, qishloq aholisi uchun 260 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Natijada tikuvchilik, yilqichilik, chorvachilik, parrandachilik, maishiy xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yil yakuniga qadar yana 10 ga yaqin loyihalarni o‘z muddatida amalga oshirilishiga O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan yaqindan ko‘maklashib kelinmoqda.

Zero, mazkur investitsiya loyihalarini to‘liq amalga oshirilishi Yangiqo‘rg‘on tumanini iqtisodiy rivojlanishi bilan birga investitsion salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ibrohim SATTAROV

O’zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi Biznes tuzilmalari

va fermerlar bilan

ishlash bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    879
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+