O‘zLiDeP deputatining xayrli ishidan quvasoyliklar mamnun bo‘lmoqda
06.08.2019, 17:52

Odamlar bilan bevosita muloqot qilish, hududlarda uchrayotgan ayrim muammolarning bartaraf etilishiga ko‘maklashish O‘zLiDeP faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
O‘zLiDeP Quvasoy shahar Kengashi hamda shahar kengashi deputatlaridan iborat ishchi guruhlar bu boradagi amaliy ishlarga katta e’tibor qaratmoqdalar.
Partiya vakillari “A.Navoiy” okrugidan Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashiga saylangan deputat Azizbek Qasimov bilan birgalikda ushbu mahalla hududida joylashgan 12-sonli maktabgacha ta’lim muassasiga tashrif buyurishdi. Partiya faollari mazkur muassasa xodimlari bilan dildan suhbat qurib, ularning muammo va takliflarini o‘rgandilar.
- Tashrif chog‘ida muassasa hududini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish uchun daraxtlarni sug‘orishda zarur bo‘layotgan suv tarmog‘ini ulashda yordam so‘ragan edik. Deputatimiz o‘sha kunning o‘zida o‘z mablag‘lari hisobidan muassasaga mutaxassislarni jalb qilgan holda suv tarmog‘ini ulab berdi. Hududimizdan saylangan deputat Azizbek Qasimovga muassasamizning muammolarini o‘rganib, aholimizga sidqidildan berayotgan amaliy ko‘maklari uchun o‘z minnatdorchigimizni bildiraman, – deydi Quvasoy shahar 12-DMTM mudirasi D. Ganiyeva.
Partiya vaikillarining aholi bilan bevosita muloqotlari davom etmoqda.
X.Alimova,
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashidagi
O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Jizzaxda mutasaddilar maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha deputatlarga hisobot berdi
12.10.2020, 15:32
-
Buxoroda yoshlarning ishsizlik darajasi 15,2 foizni tashkil etmoqda
11.10.2020, 06:01
-
Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlarga o‘zaro bog‘liqdir
25.09.2020, 15:56
-
O’zLiDeP deputati mirzaobodlik 50 nafar yoshlarning bandligini ta’minlamoqchi
15.09.2020, 15:32
-
O’zLiDeP deputati boshqarayotgan korxona mahsulotlari 10 ga yaqin xorijiy mamlakatlarga eksport qilinmoqda
15.09.2020, 15:26
Fikringizni qoldiring