B.Dauletiyarov: “Joriy yilning o‘tgan davriga qadar tadbirkorlardan 99 ta murojaat kelib tushdi”

26.08.2019, 14:29

B.Dauletiyarov: “Joriy yilning o‘tgan davriga qadar tadbirkorlardan 99 ta murojaat kelib tushdi”

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Tadbirkorlar manfaatlari – hamisha e’tibor markazimizda” mavzusida ochiq muloqot tashkil etdi.

Tadbirda keyingi yillarda yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil apparatining bosh inspektori B.Dauletiyarovning aytishicha, bugun yurtimizda tadbirkorlarning erkin samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Shu bilan birga rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilingan.

“Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tadbirkorlar tomonidan jami 99 ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan 37 tasi qanoatlantirildi va 35 tasiga huquqiy maslahatlar berildi. Ayni paytda 20 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda”, – deydi B.Dauletiyarov.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun tadbirkorlar bilan bo‘ladigan asosiy muammo bo‘sh turgan ob’ektlar, yer uchastkalari va boshqa infratuzilmalardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash bilan bog‘liq. Shu bois, bu kabi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilayotir.  

Tadbir yakunida mutaxassislar tadbirkorlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    935
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Zokir2019-09-10 23:27:26

якка тартибдаги тадбиркорман 1 ярим йилдан буён 2х2 кв метр ерда жойлашган кўчма буткада иш олиб боришим учун Тўрткўл тумани хокими Я.Бабаджанов ордер бермасдан турли хил бахоналарни рукач қилади хаммаси кўзбўямачиликка бўлябдику.


Рахманова Гульнара2019-08-26 16:21:06

Тадбиркорларни хар тамонлама куллаб кувватлаш борасида партиямиз тамонидан амалий ердамлар жойларда уз самарасини курсатмокда. Мурожаатлар уз вактида ва боринча шу жойнинг узида хал килинса албатта максадга мувофик булари сузсиз.


Fikringizni qoldiring

+