Ishtixonda besh tashabbus doirasida o‘tkazilgan tadbirda 200 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi

26.08.2019, 16:13

Ishtixonda besh tashabbus doirasida o‘tkazilgan tadbirda 200 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi

O‘zLiDeP Ishtixon tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon” shiori ostida yoshlar o‘rtasida turkum tadbirlar tashkil etildi.

Ishtixonlik 200 nafar yoshlar 5 ta tashabbus doirasida sinxron suzish, qo‘l to‘pi bo‘yicha sport musobaqalarida o‘zaro bellashdilar.

“Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan partiyaning Samarqand viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” barcha e’tiborni mazkur yo‘nalishga qaratgan”,- deydi O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Farid Hasanov.

Sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tadbir doirasida tumanda yaqindagina ish boshlagan “Zarafshon tekstil” korxonasiga ekskursiya uyushtirildi.

Baxtigul Qarshiyeva

O‘zLiDeP Samarqand

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1106
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+