Deputatga fidoyilik, yurt, xalq uchun yonib mehnat qilish yarashadi

20.12.2017, 12:43

Deputatga fidoyilik, yurt, xalq uchun yonib mehnat qilish yarashadi

Bugun Baliqchi tumanidagi 8-Olchazor saylovchilari Manzuraxon Jo‘rayevani deputatlikka tanlab adashmaganliklarini e’tirof etadilar. Ishonchli vakil aholi bilan doimiy aloqada, ularning dardu-tashvishlariga sherik, ko‘magini ayamaydi.

- Gulchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotganimga 2 yildan ziyod vaqt bo‘ldi, - deydi Yangi hayot ko‘chasida yashovchi Odinaxon Umurzaqova. – Hozirda faoliyatimni kengaytirib, hovlimizdagi tomorqada issiqxona tashkil qilmoqchi bo‘ldim. Deputat bu borada imtiyozli kredit olishimga ko‘maklashmoqda.

Saylov okrugining Sadoqat ko‘chasida toza ichimlik suvi yo‘q. Yangi barpo bo‘lgan Olchazor-1 mahallasiga esa elektr transformator kerak, saylov okrugining 20 nafar kam ta’minlangan oilalar a’zolari biometrik pasport olishda qiynalishyapti. Muammolarning barchasiga deputat juda katta mas’uliyat bilan yondashdi. Bugun biometrik pasport olgan fuqarolar ham, chirog‘i o‘chmayotgan Olchazor-1 mahallasi ahli ham, toza ichimlik suvidan bahramand bo‘layotgan Sadoqat ko‘chasi xonadonlari ham deputat yordamini to‘lib-toshib gapirishadi. Ayniqsa, M. Jo‘revaning tashabbusi bilan Olchazor mahallasidagi 35 nafar ishsiz yoshlar bandligi ta’minlanganligi, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirilganini alohida qayd etish lozim.

Deputatga mana shunday fidoyilik, yurt, xalq uchun yonib mehnat qilish yarashadi.

Zilola RAHMONOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

 Matbuot xizmati xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1255
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+