Onalik va bolalikni himoya qilish – hammamizning vazifamiz

22.12.2017, 19:30

Onalik va bolalikni himoya qilish – hammamizning vazifamiz

Muhtaram Prezidentimizning Parlamentga murojaatlarida onalik va bolalikni ximoya qilishga katta e’tibor qaratildi. Ayniqsa, ayollar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish xolatlarining oldini olishda Xotin-qizlar qo‘mitasi va jaomatchilik oyoqqa turishi lozimligi ta’kidlandi. 

Xaqiqatdan xam  bu masalada mahalla fuqarolar yig‘inlari Yoshlar ittifoqi, Nuroniy jamg‘armasi, deputatlar hamkorlikda qat’iy ish olib borishimiz, har bir xonadon, har bir fuqaroning qalbiga kirib borishimiz zarur. Xususan, ta’lim jarayonida farzandlarimizning irodasini mustahkam qilib tarbiyalasak, kelajakda ular hayotda uchraydigan qiyinchiliklar oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaydilar. Bunda kitobning o‘rni juda kattadir. Yoshlarni kitobga oshno qilishimiz, bunda biz kattalar namuna bo‘lishimiz lozim. Zero  yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek,  kelajak poydevori bo‘lgan yoshlar kitobni sevsalar, irodali, har qanday muammolar yechimini topishda qiynalmaydilar.

Firuza DJALALOVA,

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1546
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+