“Eng yaxshi kitobxon patronaj hamshirasi” g‘oliblari aniqlandi

24.12.2017, 14:32

“Eng yaxshi kitobxon patronaj hamshirasi” g‘oliblari aniqlandi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi  “Ayollar qanoti” guruhi tashabbusi bilan Jizzax shahridagi 1-sonli musiqa va san’at maktabida “Eng yaxshi kitobxon patronaj hamshirasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.  Unda xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlari, partiya faollari,  tuman va shaxar tibbiyot birlashmasi xodimlari, shifokorlar hamda elektorat vakillari ishtirok etdi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad  Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosini ta’minlash va har bir oila va mahallada mo‘‘jaz bo‘lsada kutubxonalar tashkil etishdan iborat.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra 1-o‘ringa Paxtakor tuman tibbiyot birlashmasi patronaj hamshirasi Sarvinoz Qo‘shboqova loyiq deb topildi, 2-o‘rin F.Duvlonova va 3-o‘rin D.Keldiyeva munosib ko‘rildi va g‘oliblar O‘zLiDeP viloyat  Kengashining diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.   

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1497
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+