O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan 70 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

25.12.2017, 17:37

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan 70 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Prezidentimizning “2017-2021 yillarda Respublikamizda onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi  qarori, saraton kasalliklariga qarshi kurashda yangi bosqichni boshlab berdi. Bu bosqich aholini davolashning yuqori texnologik usullarga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplashga, onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlashga yo‘naltirilgan.

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi  “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Aholiga sifatli onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish istiqbollari” mavzusida  Urganch shaharida tadbir o‘tkazildi. Unda O’zLIDePning barcha tumanlardagi ayollar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, RIOVRIATM xodimlari,  tadbirkor va fermer ayollar, O‘zLiDeP faol a’zolari va OAV xodimlari qatnashdi.  

– Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Urganch shaharlarida mintaqalararo xospislar tashkil etilishi respublika fuqarolarining hayot sifatini yaxshiladi,  deydi  – RIOVRIATM Xorazm filiali onkoginekologi F.Sharipova – Viloyat onkologiya muassasalari tuzilmasida palliativ yordam berish bo‘yicha bo‘limlarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mutaxassis vrachlar tekshirish va xulosalariga ko‘ra xotin-qizlarning 20 nafarida turli xil kasalliklar jumladan, xavfsiz o‘sma kasalligi 2 ta, mastopatiya 6 ta, bachadon miomasi 3 ta, surunkali adneksit 3 ta, bartolin bezi kistasi 1 ta, edotservitsit 1 ta, kolpit 1 ta, 3 nafar ayollarda bachadon bo‘yni yaralangan ektopiyasi aniqlandi. Shifokorlar aniqlangan kasalliklarga tashhis qo‘yib, kerakli muolaja va tavsiyalarni berdilar.

N.Djabbarova

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi 

Matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1430
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+