O‘zLiDeP deputatlari Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda ishlamoqda

12.02.2020, 16:18

O‘zLiDeP deputatlari Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda ishlamoqda

Davlatimiz rahbari parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida har bir deputat Xalq qabulxonalari bilan doimiy ishlab, o‘z hududida yashayotgan aholi muammolarini yechishda faol ishtirok etishi, odamlarning dardu tashvishlarini tinglashi kerakligi borasida aniq ko‘rsatmalar bergandi.

Bu borada O‘zLiDePdan saylangan mahalliy kengash deputatlari ham allaqachon saylovchilarning ishonchini oqlashga kirishgan. 2-sonli “A.Dosnazarov” saylov okrugidan  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga saylangan deputat Zuxra Reymova ushbu hudud aholisi bilan uchrashdi.

Deputat Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirib o‘tdi.

Xalq vakili aholi bilan muloqot qilib, ularning muammolarini hudud sektor rahbarlari va Xalq qabulxonalari bilan doimiy tarzda ish yuritib borishligini aytib o‘tdi. 

 Deputatning aholi bilan yuzma-yuz muloqoti davomida qator murojatlari tingladi. Xususan, fuqarolar tomonidan elektr tokining pastligi, asfalt yo‘llarning ta’mir talabligi, ko‘chalardagi yoritish chiroqlarini yangisiga almashtirish, bolalar uchun sport maydonchalarini qurish, tashlandiq chiqindilarni olib ketish, bolalar uchun bog‘cha yo‘qligi kabi muammolar bildirildi. Ushbu murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarildi va nazoratga olindi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    62
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+