O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” JIEMdan qaytgan xotin-qizlar bilan yaqindan ishlamoqda

17.02.2020, 17:20

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” JIEMdan qaytgan xotin-qizlar bilan yaqindan ishlamoqda

Mahbubaxon Boltaboyeva Andijon shahrida tug‘ilib voyaga yetgan. Ammo bilmay bosgan noto‘g‘ri qadami uchun qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keldi. Tayinlangan besh yillik jazo muddatidan shartli ravishda ikki yildayoq ozod etildi. Belgilangan tartiblarga to‘la rioya qilganligi, yaxshi hulqi ayolni to‘g‘ri yo‘lga qaytishi uchun imkoniyat bo‘ldi. Ayni kunda fuqaro viloyat hokimligi huzuridagi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish markazining doimiy nazoratida. M.Boltaboyeva uyiga qaytganidan buyon farzandining salomatligi uchun kurashmoqda. 28 yoshli o‘g‘li qandli diabetdan aziyat chekadi. Ayni vaqtda maxsus shifoxonada davolanishi uchun bepul yo‘llanmaga muhtoj.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan bo‘lib o‘tgan tadbirda Mahbubaxon Boltaboyeva singari jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan bir guruh xotin-qizlar mutasaddi idora va tashkilotlar mas’ullari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlar deputatlaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. “Qat’iy hayotiy qarashlar va o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan insonni to‘g‘ri yo‘ldan qaytarib bo‘lmas” mavzusida tashkil qilingan davra suhbati qizg‘in munozaralarga boy o‘tdi. Ayniqsa, viloyat hokimligi huzuridagi jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish markazi hamda ishtirokchilar o‘rtasidagi munozaralarda qator masalalar o‘rtaga tashlandi.

- Bunday ochiq muloqotlar, davra suhbatlari orqali JIEMdan qaytgan xotin-qizlar bilan yaqindan tanishamiz, ularning muammolari nimada ekanligini qalban his qilamiz, sovuq xona, panjara ortida yuragidan qanday hislar o‘tganini, pushaymonini tushunishga urinamiz, - deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurshidaxon Xalilova. – Ularga, albatta, turli masalalarda yordam kerak. Partiya Ayollar qanoti markaz nazoratidagi xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ruhiy, tibbiy yordamlar ko‘rsatishda hamkor tashkilotlarga, deputatlarga suyanadi. Bugungi davra suhbatida ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Odinaxon Otaxonova hamda Umidaxon Zokirovalarning tavsiyalaridan kuch oldilar. Masalan, tadbirda jazoni ijro etish muassasasidan shartli ravishda ozod etilgan Mahbubaxon Boltaboyevaning murojaatiga javoban qandli diabet kasalliklari shifoxonasiga yo‘llanma berildi.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan xotin-qizlar taqdiriga befarq bo‘lmaslik, ularga barcha zaruriy tibbiy, huquqiy, ruhiy, ijtimoiy ko‘maklar berilayotganligi bugungiday tadbirlarda o‘z aksini topmoqda.

Umidaxon Isayeva,

O‘zLiDeP Andijon

viloyat Kengashi

 bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    935
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Абдуллаев Дилшодбек Қахрамонжонович2020-02-18 09:22:13

Жазони ижро этиш муассасаларидан қайтган аёллар ва хотин-қизларни иш билан таъминлаш улар бандлигини назоратга олиш шу куннинг мухим талаби деб ўйлайман.Билиб билмай қилган айби учун жазони ўтаб қайтган аёл пушаймонлик хисси билан биргаликда оиласи фарзандлари ва Ватани равнақи учун хисса қўшишни мақсад қилади.Бу мақсадни амалга оширилишида эса маъсуллар маъсулияти катта ахамиятга эгадир.Шундай тадбирлар партия хамкорлигида доимий ўтказилиб туриши партияда аёллар фаоллигидан дарак беради.Зеро хар бир аёл,хотин - қиз кимларнидир аёли,кимларнидир фарзанди,қорамунчоқ кўзли фарзандларнинг севимли онаси эканини унутмаслик лозим.


Fikringizni qoldiring

+