O‘zLiDeP deputatlik guruhlarining malakasi oshirilmoqda

18.02.2020, 16:44

O‘zLiDeP deputatlik guruhlarining malakasi oshirilmoqda

O‘zLiDeP deputatlik guruhlarining nazorat funksiyalarini amalga oshirish hamda partiyaviy vazifalarni bajarishda partiya organlari va deputatlarning o‘zaro hamkorligining samarali usullari mavzuida seminarlar bo‘lib o‘tmoqda.

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat, tuman va shahar Kengashlariga O`zLiDePdan saylangan deputatlar, partiya hududiy kengashlari raislari, apparat rahbarlari, partiya xodimlari ishtirokida navbatdagi seminar tashkil etildi.

Seminarni partiya viloyat Kengashi apparat rahbari Shohista Bozorboyeva ochdi va olib bordi.

Seminar ishtirokchilari “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining ish faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlari” hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining huquqiy asoslari” mavzuidagi ma’ruzalarni tinglashdi.

Yig‘ilishda tadbir ishtirokchilariga xalq deputalari mahalliy Kengashining huquqiy maqomi, deputatning zarur sifatlari, deputatlarning majburiyatlari, deputatning sessiya oralig‘idagi faoliyati, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, murojaatlar bilan ishlashi, saylovchilarga faoliyati to‘g‘risida axborot berish  borasida tushunchalar berildi.

- Bugungi kunning deputati qanday sifatlarga ega bo‘lishi lozim, - dedi Yusuf Abdukarimov. - Har bir deputatdan o‘z vazifalarini vijdonan,  Prezidentimiz va xalqimiz kutayotgan darajada bajara olishi uchun o‘ta mas’uliyatli, jonkuyarlik va jur’atlilik darajasida qat’iyatli, huquqiy jihatdan layoqatli, halol va fidoyi bo‘lish talab etiladi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari mazkur seminarning samarali, har jihatdan foydali, avvalgilarga qaraganda keskin farq qilgan tarzda jonli o‘tganligini ta’kidlashdi.

- Albatta, seminarda ta’kidlanganidek, rejalar, harakat va faoliyat bo‘lmasa, istiqbolli rejalarni amalga oshirish mushkul, - dedi viloyat kengashi deputati Bahodir Kenjayev. - Seminardan o‘zgacha ruh, o‘zgacha kayfiyat olgan holda amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan bir qator ustuvor vazifalarni belgilab olishimiz kerakligini yana bir karra his qildik. Bu borada davlatimiz rahbarining 2020 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqida bildirgan fikrlari ayni kunlarda qizg‘in o‘rganilishi barobarida u kelgusida barcha uchun hayotiy yo‘llanma va zarur qo‘llanma, shuning barobarida faoliyatimizda dasturilamal bo‘lishi lozim.

                                     Dilorom Esonova,

                            O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    759
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+