O‘zLiDeP deputatlik guruhi Namangan viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi faoliyatini tahlil qildi

26.02.2020, 15:48

O‘zLiDeP deputatlik guruhi Namangan viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi faoliyatini tahlil qildi

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab partiya deputatlik guruhining 2020 yil ish rejasiga muvofiq, Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish, davlat sherikchiligi asosida xususiy maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Namangan viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bo‘lim mudirining hisoboti eshitildi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra viloyatda 3-7 yoshli bolalar soni 227 968 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 120531 nafari yoki 52.9 foizi 1223 ta (560 ta davlat, 72 ta xususiy, 23 ta davlat xususiy sherikchilik, 568 ta oilaviy) maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olingan. Joriy yilning 25 fevral holatiga ko‘ra 126450 nafar bolajonlar 1244 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb etildi.

Bugungi kunda 6 yoshli bolalarni majburiy ta’limga qamrab olish bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlari, kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablari hamda mahallalardagi bo‘sh turgan binolarda guruhlar tashkil etilmoqda.

Yig‘ilish davomida Namangan shahrini obodonlashtirish hamda viloyatdagi mavjud avtomobil yo‘llarida havfsizlikni ta’minlash, yo‘l belgilarini o‘rnatish, yo‘llardagi tartibsizliklarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan soha mutaxassislarining  hisobotlari ham tinglandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, viloyatimizda 174 ta svetafor inshootlari, 2342 dona yo‘l belgilari mavjud. 2019 yil davomida transport vositalari va piyodalarni xavfsiz harakatlanishini ta’minlash yuzasidan 20 dona svetafor inshooti qurib, ishga tushirildi, 3 ta eski tipdagi svetaforlar qayta ta’mirlandi, 85 ta yangi yo‘l belgilari o‘rnatildi, 809 dona eski yo‘l belgilari yangi tipdagisiga almashtirildi. Joriy yilning yanvar-fevral oylarida esa 272 dona yo‘l belgilari yangilandi.

Kun tartibida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan deputatlarning tanqidiy-tahliliy fikr-mulohazalari bildirildi. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan har bir deputat o‘z saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashib, mavjud muammolarni yechimi yuzasidan ta’sirchan deputatlik nazoratini o‘rnatishga kelishib oldilar.

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    738
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+