Xotin-qizlar masalasi O‘zLiDeP e’tiborda

06.01.2018, 11:16

Xotin-qizlar masalasi O‘zLiDeP  e’tiborda

Mamlakatmiz iqtisodiyotini rivojlanishi va aholi turmushi farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy sohani isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar jarayonida o‘z roli va ahamiyatini kuchaytirishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan O‘zLiDeP – xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, tadbirkorlikga jalb etish, mehnat sharoitini yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Buni O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan 2017 yil davomida ayollarning siyosiy savodxonligini oshirish, jamiyatdagi mavqeini  mustahkamlash, xotin-qizlar o‘rtasida hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik, fermerlikni rivojlantirish hamda onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan 382 ta tadbirlarda 30ming 552 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtiroki qamrab olinganida ham ko‘rish mumkin.

Darhaqiqat, bugun O‘zLiDeP tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, iqtisodiy va huquqiy bilimini yanada kuchaytirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish borasida qator amaliy ishlar hayotga tatbiq etilayapti. Misol uchun, “Oilaviy tadbirkorlikdan - mustahkam oilaga”, “Ishbilarmon ayol”, “Fermer ayol” kabi loyihalari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatiga xotin-qizlarni jalb qilishda ijobiy samara berayotganini ko‘rish mumkin. Ushbu loyihalar asosida tadbirkorlikka ishtiyoqi baland ayollarni kichik biznes va fermerlik faoliyatiga yo‘naltirishga erishildi. Masalan 2017 yilda o‘tkazilgan 60 ga yaqin tadbirda 950 nafar xotin-qizning ishtiroki qamrab olinib, ularning 37 nafariga tijorat banklari tomonidan 614 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada 70 nafar xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rni yaratildi.

Partiya “Ayollar qanoti” faollari Samarqand shahridagi “Xurshida shirinliklari”, “Jiloi Malika” Pastdarg‘om tumanidagi “Beka Charos”, Kattaqo‘rg‘on shahridagi “Zulxumor Zamon Yulduzi”, Oqdaryo tumanidagi “Dilnoz” kabi xususiy ishlab chiqarish korxonalari  bilan hamkorlikda 80 nafar xotin-qizlar tikuvchilik, konditer mahsulotlari tayyorlash, sartaroshlik kabi kasb sirlari bepul o‘rgatilib, ular ish bilan ta’minlandi.

– Tahlillarni kuzatar ekanmiz, o‘tgan vaqt davomida partiya “Ayollar qanoti” tomonidan xotin-qizlar masalasiga keng e’tibor qaratilganiga guvoh bo‘lamiz, – deydi O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Marhabo Chuliyeva.– Misol uchun, birgina 2017 yil mobaynida partiya viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida xotin-qizlar tomonidan 50 dan ortiq murojaatlar qabul qilingan bo‘lib, ulardan 31 tasi ijobiy hal qilingan bo‘lsa, 19 ta murojaat deputatlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Darhaqiqat, bugun bo‘lim tomonidan muntazam o‘tkazib kelinayotgan partiyaviy loyihalar doirasidagi o‘quv-seminarlar xotin-qizlar o‘rtasida katta e’tiborga sazovor bo‘lmoqda. Tadbirlar davomida ijtimoiy-siyosiy faol xotin-qizlar kashf etilib, ular istiqbolli kadrlar zahirasiga olinmoqda. Masalan, birgina joriy yilning o‘zida o‘tkazilgan tadbirlarda qirqdan ortiq xotin-qizlar kadrlar zahirasiga olindi.

Bundan tashqari, aytish kerakki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun-mohiyatini fermer xotin-qizlarga yetkazish, ularning tajribasini ommalashtirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini ko‘paytirish, chekka qishloqlarda yangi ish o‘rinlari yaratish, fermerlikning rivojiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash, fermer ayollarning huquqiy, siyosiy, iqtisodiy bilim va malakasini oshirishda “Fermer ayollar” loyihasi muhim o‘rin tutadi. Loyiha doirasida tadbirlarda ishtirok etgan fermer ayollarning siyosiy, iqtisodiy bilimlari yanada boyitilganligi loyiha samarasi yuqori ekanligidan darak beradi.

Shuningdek, partiyaning “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida o‘tgan tadbirlarda xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, ularda tibbiy madaniyatni shakllantirish, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish qaratilgan turli mavzularda 30 dan ortiq amaliy seminarlar tashkil etilib, ularda 2053 xotin-qizlar ishtiroki ta’minlandi. Bundan tashqari yil davomida 31 marotaba tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, ularda 9689 nafarga yaqin xotin-qizlar, kam ta’minlangan oilalarning farzandlari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

O‘zLiDeP viloyat Kengashi“Ayollar qanoti” faollarini ta’kidlashicha, joriy yilda ham kichik biznes va servis sohasini rivojlantirishda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ayollarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni partiyaviy loyihalardagi keng ishtirokini ta’minlash, xotin-qizlarni ma’naviy dunyosini boyitish, ular faoliyatini har tomonlama qo‘llab-qo‘vvatlash masalalariga a’lohida ahamiyat qaratadi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1797
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+