“GM Uzbekistan” AJ Xorazm viloyat filiali eng yaxshi GM zavodi deb topildi

06.11.2017, 17:12

“GM Uzbekistan” AJ Xorazm viloyat filiali eng yaxshi GM zavodi deb topildi

“GM Uzbekistan” AJ Xorazm viloyat filiali Prezidentimizning 2012 yil 22 noyabrdagi qaroriga asosan tashkil etilgan edi. Hozirgi kunda zavodda 1700 nafardan ortiq ishchi xodim mehnat qilmoqdalar. Quvonarlisi, ularning 1000 nafarga yaqini O‘zLiDeP safida birlashgan.

Ta’kidlash kerak, xalq deputatlari Xorazm viloyati va Xazorasp tuman Kengashi deputati, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, korxona rahbari S.Jumaniyozov o‘z faoliyati davomida partiya Xorazm viloyat Kengashi bilan hamkorlikda quyi bo‘g‘in a’zolarining siyosiy dunyoqarashini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratib keladi. Shu maqsadda o‘nga yaqin davra suhbatlari, seminar-treninglar va ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Maslakdoshlarimizning samarali faoliyati natijasida zavod GMIO (General Motor international organization) ning 9 oylik yakunlariga ko‘ra eng yaxshi GM zavodi deb topildi.

– Qisqa muddat ichida korxonamizning bunday yuqori natijaga erishgani zavodimizning har bir ishchi-xodimi mehnatiga munosib rag‘bat bo‘ldi, – deydi korxona rahbari S.Jumaniyozov. – Bu esa kelgusida zavod faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi mashina rusumlari va jihozlarini ishlab chiqish va shu orqali vohamiz iqtisodiyotini yanada yuksaltirishga zamin yaratadi. Ana shu vazifalar zimmamizga yanada ko‘proq ishonch va mas’uliyat yuklaydi. 

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    5867
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+