Vatanni asrash muqaddas burchim

15.01.2018, 17:28

Vatanni asrash muqaddas burchim

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov  tashabbusi bilan 1992 yil yanvardan mamlakatimiz hududida joylashgan barcha harbiy tuzilmalar O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o‘tkazildi. Xuddi shu kuni milliy armiyamizga asos solindi. Ushbu tarixiy sana – 14 yanvar mamlakatimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Ana shu bayram munosabati bilan O’zLiDeP Xorazm viloyat va Urganch shahar Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan Urganch shaxridagi Suratlar galereyasida “Vatanni asrash muqaddas burchim” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Urganch Suratlar galereyasi direktori Marimboy Atamuratov, O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Ayollar qanoti bo‘limi mudiri Musharraf Raximova, O‘zLiDeP Urganch shahar Kengashi deputati Nigora Qo‘shchanova, O‘zLiDeP Urganch shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari Doniyor Jumaniyazovlar sharafli va juda katta jasorat, matonat, bilim talab qiladigan sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tilab, ushbu bayram bilan mard va jasur o‘g‘lonlarni – harbiylarni tabrikladilar. Tadbir yakunida O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan bir guruh harbiylarga tashakkurnomalar topshirildi.      

Musharraf RAXIMOVA,

Ayollarning siyosiy faolligini, jamiyatdagi

o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2837
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+