Namanganda qonun loyihalari muhokama etildi

17.01.2018, 15:54

Namanganda qonun loyihalari muhokama etildi

Prezidentimiz 2017 yil 12 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatalari, siyosiy partiyalar va O‘zbekiston ekologik harakati vakillari ishtirokida videoselektor yig‘ilishdagi “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi kerak” nomli ma’ruzasida “...qabul qilinayotgan xar bir qonun loyihasi saylovchilar, partiya elektorati, turli tabaqa va guruhlarning manfaatlari nuqtai-nazaridan atroflicha muhokama qilinishi, fraksiyalar ushbu masalalarda prinsipial pozitsiyasini namoyon etishi shart” degan fikrni ta’kidlab o‘tgan edi. Bu esa partiyamiz faollarini yanada ko‘proq ishlashga undamoqda.  Ushbu videoselektordagi vazifalar ijrosi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari, Xalq deputatlari Namangan viloyat va tuman(shahar) Kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya elektorati vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yalpi majlisida birinchi o‘qishda konseptual  jihatdan qabul qilingan qonun loyihalarini ikkinchi o‘qishga qadar takomillashtirish maqsadida 4 ta qonun loyihasi yuzasidan takliflar olish uchun qonun loyihalari muhokama qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zLiDeP fraksiyasi ijrochi kotibi Otabek Ravshanov  muhokama qilinayotgan qonun loyihalari mazmuni yuzasidan qisqacha ma’ruza qilib, har bir Qonun loyihasi bo‘yicha deputatlar va partiya elektorati vakillarining taklif-mulohazalarini o‘rganish muhim ekanligini ta’kidladi. Jumladan, Sud ish faoliyatini yengillashtirish va tadbirkorlarni ortiqcha sarf-xarajatlarni kisqartishiga xizmat qiluvchi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinayotgani partiyaning asosiy elektorati vakillari uchun ayni muddao bo‘ladi.

– “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini qabul qilinayotganligi davlat xaridlarini tartibga solish va amaliyotda mavjud qarama-qarshiliklar hamda eskirgan normalarni bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega deydi, – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ibrohim Xodjiyev. – Ushbu qonun loyihasi davlat xaridlari tizimini ochiq-oshkoraligini ta’minlaydi va xarid qatnashchilariga qulaylik yaratadi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan muhokama yakunida har bir Qonun loyihasi yuzasidan tadbir ishtirokchilarining fikr-mulohazalari o‘rganilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yalpi majlisida ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish taklifi bildirildi.

                                                                  Rustamjon HAKIMOV,

                                                                  O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1201
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+