Sho‘manoyda investitsiya loyihalarning bajaralishi yuzasidan mutasaddilar hisobot berdi

02.09.2020, 16:12

Sho‘manoyda investitsiya loyihalarning bajaralishi yuzasidan mutasaddilar hisobot berdi

O'zLiDeP Sho‘manoy tuman Kengashi deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda joriy yil olti oy davomida rejalashtirilgan investitsiya loyihalarining bugungi kunda bajarilishi bo‘yicha olib borilgan ishlar va  kelgusidagi vazifalar bo‘yicha Sho‘manoy tumani Investitsiya va sirtqi savdo bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari B.Qыdыrbayevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, bugungi kunda tuman bo‘yicha 367 ta tadbirkorlik  sub’ektlari  faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, shundan 76 tasini korxonalar tashkil etadi.

O‘tgan olti oy davomida  80,7 mlrd so‘m sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, o‘sish darajasi 3,3 barobar o‘sishi ta’minlangan.   Hozirgi kunda yirik loyihalardan biri umumiy qiymati  2,0 mln AQSh dollar bahosidagi chet el investitsiya mablag‘lari  hisobidan  "LIANTAY KC LICORICE" ma’suliyati cheklangan jamiyatida qizilmiyani qayta ishlash loyihasida 120 ta ish o‘rni ajratilishi aytib o‘tildi. Bu esa o‘z navbatida tuman aholisining ayniqsa mahalla  yoshlarining bandligini ta’minlashda muhim axamiyat kasb etadi.       

Yig‘ilish davomida yuqoridagi qayd etilgan masalalar bo‘yicha deputatlar o‘z fikr va takliflarini  bildirdi.  Qolaversa partiyaning tuman kengashi tomonidan  oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab  olinib, tegishli  qarorlar qabul qilindi.          

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    563
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+