Angrenlik ishsiz xotin-qizlarga bepul o‘quv kurslari tashkil qilindi

03.09.2020, 16:21

Angrenlik ishsiz xotin-qizlarga bepul o‘quv kurslari tashkil qilindi

O`zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi “Ayollar qanoti”, Toshkent viloyati Xotin-qizlar Tadbirkorlik Markazi hamkorligida temir daftarga kiritilgan ayollar uchun bepul o‘quv kursi tashkil etildi.

Pandemiya davrida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy yordamlar ko‘rsatish ayniqsa, uyda o‘tirgan xotin-qizlarni turli kasblarga yo‘naltirish va shu orqali ularning bandligini ta’minlash borasida qator amaliy ishlar olib borilyapti.

Bundan ko‘zlangan maqsad bitta, u ham bo‘lsa joylarda mahallalar orqali ishsiz xotin-qizlarni  aniqlab, ularni turli kasb-hunarlarga o‘rgatish, tadbirkorliklarini boshlashlariga ko‘maklashish, ularning ish bilan bandligini ta’minlash,  bu orqali bosqichma-bosqich temir daftarga kiritilgan ayollar sonini keskin kamaytirib borish ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

Angrenlik xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan o‘quv kurslarda tikish-bichish yo‘nalishida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, bunda tajribali mutaxassislar jalb etildi.

- Bugungi o‘quv-kurslarimizda ayollarimiz turli yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar olib borishyapti, bu orqali ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini shakllantirmoqda, - deydi Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati, Toshkent viloyati Xotin-qizlar Tadbirkorlik Markazi rahbari Shohista  Madiyarova. – Biz deputatlar o‘z hududlarimizda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni aniqlab, ularni kasbga o‘rgatishga, shu orqali ish bilan bandligini ta’minlashga e’tibor qaratyapmiz. Bugun Angren shahrida ham xotin-qizlarimizga zarur bo‘lgan yoki o‘zlari tanlagan kasb-hunarni o‘rgatishga yaqindan ko‘maklashdik. Mazkur o‘quvlarimiz bosqichma-bosqich tizimli ravishda tashkil etib boriladi.

O‘quv mashg‘uloti asnosida yuqori yutuqlarga erishib kelayotgan partiya faollari bo‘lgan tadbirkor ayollarimiz Shaxnoza Uskanova, Sevara Jakbarova, Xulkar Baymanovalar tadbirkorlik faoliyatidagi sir-asrorlari va tarjibalari bilan o‘rtoqlashishdi va ularga partiyaning tashakkurnomalari topshirildi.

Diyora Boltayeva,

O`zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

Ayollarning siyosiy faolligi,

jamiyatdagi o‘rni va mavqeini

oshirish bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    1017
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+