Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori

18.01.2018, 15:54

Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish  ayollarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda yangi bilim va malakalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zLiDeP To‘raqo‘rg‘on tumanida “Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori” mavzusida tashkil etilgan davra  suxbatida ham  ayollarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish, faol tadbirkorlikka jalb qilish, bu orqali kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi keng targ‘ib qilindi.

Davra suhbatida O‘zLiDeP tuman Kengashi faollari, deputatlar, boshlang‘ich partiya  tashkilot raislari va  tadbirkorlar hamda “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi” a’zolari ishtirok etdilar. Ularga  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati tushintirildi. Tadbirkorlik faoliyatida ayollarning ishtirokini kengaytirish va ularni foydali ishga jalb etish orqali oilaviy farovonligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shu  bilan birga tadbirkor ayollar faoliyati davomida innovatsion g‘oyalarni amaliyotga keng tatbiq qilishlari orqali faoliyatlarini kengaytirib, yangi ish o‘rinlarini yaratishga erishishlari mumkinligi ta’kidlandi.

Partiya qoshida  “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi” tashkil etilgani bizni quvontirdi, - deydi xususiy tadbirkor Mo‘minova Mavluda. - Ushbu guruh mavjud muammolarni bartaraf etishga katta ko‘mak bermoqda. Tadbirkor ayollarni qiynayotgan asosiy muammolar: bankdan kredit olish, joy masalasi, elektr-energiya va shu kabi muammolar, o‘ylaymanki, ushbu guruh ko‘magida ijobiy hal etiladi.

Tadbir baxs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi, yakunida ishtirokchilar xususiy tadbirkor Mo‘minova Mavludaning tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishib, kerakli ko‘nikmalar olishdi.

Xusnida Iminjonova,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1321
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+