Andijonda qonun loyihalari muhokamasida partiya faollari tomonidan 40 ga yaqin takliflar berildi

19.01.2018, 15:35

Andijonda qonun loyihalari muhokamasida partiya faollari tomonidan 40 ga yaqin takliflar berildi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari, elektorat vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi o‘qishida qabul qilingan Qonun  loyihalari muhokamisiga bag‘ishlangan amaliy-muloqot bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “Mediatsiya to‘g‘risida”, “Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida” hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan mazkur muloqotda ishtirokchilar tomonidan 40 ga yaqin taklif ilgari surildi.

“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamasida, jumladan, daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlashga oid ishlarni o‘tkazish tartibini buzish holatlarida yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorini yanada ko‘tarish, suv havzalarini nazorat qiluvchi organlar faolligini oshirish va mas’uliyatlarini yana kuchaytirish maqsadida ma’lum bir miqdorda jazo qo‘llash tartibini joriy qilish singari takliflar kiritildi. “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni muhokamasida mediatorlar vakolatlarini advokatlar vakolatlari bilan tenglashtirish, davlat advokatlarining to‘lovlari balandligi aholining sud qarorlariga noroziligini keltirib chiqarayotganini hisobga olib, advokatlik to‘lovlarini me’yor asosida belgilash takliflari o‘rtaga tashlandi.

– “Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamasi andijonlik fermerlar, ishbilarmonlar tomonidan qizg‘in muhokama qilindi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi ijrochi kotibi Otabek Ravshanov. – Xususan, biofabrika – qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalardan biologik himoya qilishda qo‘llaniladigan foydali hasharotlarni (trixogramma, oltinko‘z, brakon va boshqalar) yalpi ko‘paytirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub’ekt faoliyatini tahlil kiluvchi nazoratchi guruhlarini tashkil qilish hamda ma’muriy javobgarligini belgilash, mahalla fuqarolar yig‘inlari qoshida aholi tomorqalarini nazorat qiluvchi biolaboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish singari dolzarb ahamiyatga molik takliflar qo‘llab-quvvatlansa, sohadagi muammolar o‘z vaqtida yechim topadi, aholining agrar sohadagi bilim, ko‘nikmalari kengayadi.

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamasida ilgari surilgan takliflar qatorida respublika Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining қишлоқ хўжалиги ўсимликларини зараркунандалар, касалликлар ва бегона ўтлардан ҳимоя қилишchekka hududlardagi fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilayotgan mahalliy, xorijiy kimyoviy vositalarni ustama mablag‘larsiz yetib kelishini nazoratiga olishi taklifi alohida e’tiborga molik bo‘ldi. Ayni shu taklif elektoratimiz bo‘lgan – fermerlarning manfaatlarini yanada ishonchliroq himoya qilish imkonini beradi.

Risolatxon NIYAZOVA,

Xalq deputatlari Andijon viloyati

Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1336
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+