O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan 370 nafar kogonliklar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

20.01.2018, 17:07

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan 370 nafar kogonliklar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Kogon shahridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan  viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar  hamkorligida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, Kogon shahridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, bu yerda jami 38 nafar oliy ma’lumotli  shifokor, 72 nafar xamshira, 31 nafar kichik tibbiyot xodimi, 16 nafar ma’muriyat xodimlari aholiga  namunali va sifatli  xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Partiya loyihasi doirasida tashkil etilgan tibbiy ko‘rik davomida 40 dan ortiq oliy toifali shifokorlar tomonidan 370 nafar ijtimoiy himoyaga muxtoj, boquvchisini yo‘qotgan, faxriylar, nuroniylar, yosh va homilador xotin-kizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, bepul tibbiy ko‘rik doirasida homiylar ko‘magida hududdagi bir qator ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga qonnni suyultiruvchi, oyoq, suyak og‘rig‘i uchun, qondagi xalestirinni yo‘qotuvchi, oshqozon osti bezi, yurak-qon tomirlari kasalliklari va boshqa aniqlangan  kasallikliklar uchun jami 22 million so‘mlik dori-darmonlar berildi.

Shu bilan bir qatorda tadbir tashkilotchilari 2 guruh nogironi, fuqaro Zarnigor Mirzayevaning xonadonida bo‘lishib, uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi hamda 1 ta nogironlik aravachasi topshirildi.

                                                                                            O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1488
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+