“Yosh liberallar” klubi a’zolari uchun maxsus “deputat soati” tashkil etildi

23.01.2018, 10:43

“Yosh liberallar” klubi a’zolari uchun maxsus “deputat soati” tashkil etildi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi qoshidagi “Yosh liberallar” klubi a’zolari, yosh tadbirkorlar, “Yoshlar qanoti” faollari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Erkin Xolbo‘tayev bilan “Deputat soati” tashkil etildi.

Tadbirda yoshlarga deputatlik faoliyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining faoliyati, Parlamentda ishlab chiqilayotgan va qabul qilinayotgan qonunlar mazmun mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Prezidentimizning parlamentga Murojaatnomasi haqida va 2018 yilda barcha soha va tarmoqlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, barcha sohalarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar, Davlat dasturi loyihasiga O‘zLiDeP faollari tomonidan yuzga yaqin takliflar berilgani to‘g‘risida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarning qonunchilik tashabbuslarini ilgari surish va Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yoshlarga oid ishlab chiqilayotgan qonunlar loyihalariga yoshlar takliflarini olish tizimi shakllantirilayotganligi, mamlakatimizda yoshlar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar muammolarini hal etish, ularni manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, hukumat qarorlari va dasturlari bajarilishi haqida ham tushunchalar berildi.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tomonidan javob olishdi va yoshlar bugungi kunda sohalardagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini berishdi.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1215
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+