Chortoqlik 64 nafar aholi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

25.01.2018, 11:57

Chortoqlik 64 nafar aholi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan  Chortoq tuman markaziy poliklinikasida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda tuman Kengashi faollari,  deputatlar, boshlang‘ich partiya tashkilot raislari,  tadbirkorlar va “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi” a’zolari ishtirok etdilar.

Tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda xalqimiz salomatligini muhofazalash, sog‘lom va barkamol avlodni kamolga yetkazish va xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish bilan birga ularning sog‘lig‘iga e’tibor berish, ayollarni sportga jalb qilish orqali yanada sog‘lomlashtirishga erishish, ularning sog‘lom farzand dunyoga keltirishlarida salomatligiga alohida e’tibor qaratish muhim ekanligi ta’kidlandi.  

Bepul tibbiy ko‘rik Chortoq tuman sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi, - deydi Chortoq tuman Kengashi apparat rahbari Qobiljon Inamov. - Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad aholini yanada sog‘lomlashtirish, ayniqsa ona va bola salomatligiga e’tibor berish, bu orqali sog‘lom avlodni dunyoga kelishiga ko‘maklashishdan iborat.

Tadbirda ona va bolalar, nuroniylar, nogironlar va kam ta’minlangan oilalardan iborat jami 64 nafar aholi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1441
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+