“Davlat dasturi tadbirkor ayollarga keng imkoniyat yaratadi”, deyishmoqda nukuslik faollarimiz

27.01.2018, 17:55

“Davlat dasturi tadbirkor ayollarga keng imkoniyat yaratadi”, deyishmoqda nukuslik faollarimiz

O‘zLiDeP Nukus shahar Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasidagi bilim va malakalarini yanada oshirish, ularning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida “Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda O‘zLiDePning roli” mavzusida “Chimboy choyxona” mahalla fuqarolar yig‘inida davra suhbat tashkil etildi.

Unda partiya xodimlari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “Tadbirkor ayol” tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi, “Mikrokreditbank” OTB Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiallari, partiya faollari va xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbirda Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi ahamiyatini mahalla ayollari o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ularga tadbirkorlik sohasida qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyatini kengroq tushuntirishga alohida ahamiyat berildi.

– Eng e’tiborli jihati shundaki, 22 yanvar kuni tasdiqlangan Davlat dasturida ham iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan uchinchi yo‘nalishida ham soliq va bojxona siyosatini soddalashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish ko‘zda tutilgan, – dedi “Tadbirkor ayol” tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi rahbari N.Yelibayeva. – Bu esa tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga, yangi innovatsion g‘oyalardan foydalanib chet el davlatlari bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari natijasida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

Tadbir yakunida inson manfaatlari hamma narsadan ustun turadigan mamlakatimizda, eng avvalo, mahalla ahli bilan ko‘proq muloqot qilish, ayniqsa, tadbirkorlikka ishtiyoqi baland bo‘lgan ayollar bilan tez-tez uchrashib turishga kelishib olindi.

Asem SIRIMBETOVA,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi mas’ul xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1434
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+