O‘zLiDeP Do‘stlik tuman Kengashi tashabbusi bilan 20 nafar fuqarolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

01.02.2018, 18:58

O‘zLiDeP Do‘stlik tuman Kengashi tashabbusi bilan 20 nafar fuqarolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O‘zLiDeP Do‘stlik tuman Kengashi “Ayollar qanoti“ tomonidan  “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida “Xotin – qizlar o‘rtasida tibbiy va ekologik madaniyatni yuksaltirish omilllari” mavzusida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida ayollarni qiynab kelayotgan muammolar aniqlanib, bartaraf etish borasida zarur huquqiy, psixologik va tibbiy yordamlar ko‘rsatish borasida bir qator  ishlar amalga oshirildi. Bugungi tadbir doirasida malakali tibbiyot xodimlar, 20 ga yaqin keksalar, yosh bolalar va xotin-qizlarning salomatligi nazorati o‘tkazildi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha shifoxonalarda davolanish uchun bepul yo‘llanmalar berildi hamda ularning  nazorati ta’minlandi.

– Prezidentimizning “2017-2021 yillarda Respublikamizda onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi  qarori, saraton kasalliklariga qarshi kurashda yangi bosqichni boshlab berdi, – deydi O‘zLiDeP tuman Kengashi deputatlik guruhining ijrochi kotibi N.Ismatova. – Bu bosqich aholini davolashning yuqori texnologik usullarga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplashga, onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlashga yo‘naltirilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda bu borada tuman Kengashi “Ayollar qanoti” faollari va deputatlar tomonidan qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar bilan muloqotlar tashkil etilyapti.

Bepul tibbiy ko‘riklar Zafarobod, Paxtakor, Mirzacho‘l tumanlarida ham tashkil etildi.

                                                                                      Saida Umaraliyeva

                                                                   O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1154
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+