Uchko‘prikdagi qabriston atrofidagi yo‘llar ta’mirga muhtoj

02.02.2018, 19:35

Uchko‘prikdagi qabriston atrofidagi yo‘llar ta’mirga muhtoj

Ulug‘nor tumani hokimligida O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayyor qabulda mahalla ahli vakillari tomonidan ayni muammo ko‘tarildi. Ulug‘nor tuman hokimi o‘rinbosari  ushbu masala yechimi 2018 yil Davlat dasturiga kiritilganligini ma’lum qildi.

Tumanning qator mutasaddi tashkilotlari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur sayyor qabul Obod, Shahriobod, Bobur, Ulug‘bek, Uchko‘prik, Sariqsuv hamda Avulmat mahallalari aholisi vakillari uchun ayni muddao bo‘ldi. Unda o‘rtaga tashlangan muammolarning aksariyati o‘z joyida hal etildi. Xususan, Obod mahallasining Ona zamin, Buxoro va Tinchlik ko‘chalari ahli vakillari tomonidan aytilgan ichimlik suvi tanqisligi masalasi “Suvoqava” DUK tuman filiali tomonidan bartaraf etilishi bildirildi.

-Obod mahallasidan Yorqinoy Parpiyeva kommunal to‘lovlardagi nohaqlik tufayli murojaat qildi, - deydi O‘zLiDeP Ulug‘nor tuman Kengashi apparat rahbari Turdixon Qosimova. – Fuqaro xatlov qilingan paytda gazdan qarzdorligi yo‘qligi ma’lum qilingani, ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmay, mutasaddilar 240 000 so‘m qarzdorlik tayinlashgani to‘g‘risida kuyunib gapirib, bu borada ko‘mak so‘radi. “Andijongaz” Ulug‘nor tuman filiali mutaxassisi ushbu muammoni shu kunning o‘zidayoq hal etishga va’da berdi.

Bobur mahallasining Porloq va A. Temur ko‘chalari tutashligiga qaramay, ularni bog‘lovchi yo‘l qurilmagan. Mahalla ahli vakillarining muammo yuzasidan murojaatlari xalq deputatlari Ulug‘nor tuman kengashi deputati Muhammadjon Abdullayev tomonidan deputatlik so‘rovi orqali hal qilinishi belgilandi.

Olimjon Talipov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1604
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+