Zangiotadagi sayyor qabulda 30 dan ziyod muammolar ko‘rib chiqildi

02.02.2018, 20:03

Zangiotadagi sayyor qabulda 30 dan ziyod muammolar ko‘rib chiqildi

O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat prokuraturasi, ichki ishlar, soliq, tijorat banklari, sog‘liqni saqlash, bandlikka ko‘maklashish markazi, kommunal xizmat idoralari rahbarlari va Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Ana shunday qabullarning navbatdagisi Toshkent viloyati Zangiota tumani “Bo‘z-suv” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etildi.

Sayyor qabulda hudud aholisi tomonidan o‘rganish davomida aniqlangan muammolar aytib o‘tildi. Jumladan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, ko‘chalarni yoritish va yo‘l usti qoplamasi (asfalt) bilan bog‘liq masalalar, tabiiy gaz bosimining pastligi kabi 30 dan ziyod muammolar ko‘rib chiqildi.

– O‘tkazib kelinayotgan ochiq muloqotlar davomida aholi tomonidan bo‘layotgan murojaatlarni yana bir bor tahlil qilish va fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarini bartaraf etish imkonini beryapti, – deydi O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudiri Sanjar Evadillayev. – Bugungi sayyor qabulda ham murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, har bir masalada mansabdor shaxs mas’uliyatni chuqur his etishi zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Sayyor qabulda aytib o‘tilgan muammolarni deputatlik so‘rovlari yuborish orqali hal etishga kelishib olindi.

 A.TUYChIYEV,

O‘zLiDeP Toshkent viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1597
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+