Partiya ko‘magida jizzaxlik uyga muhtoj ayol uyli bo‘ldi

07.02.2018, 16:15

Partiya ko‘magida jizzaxlik uyga muhtoj ayol uyli bo‘ldi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan “Ma’naviy barkamol ayol – millat ko‘zgusi” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda “Qalb nuri” ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi,  viloyat Prokuraturasi vakillari, Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, tadbirkor va fermerlar, talaba yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojatnomasidan kelib chiqib, bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biri hisoblangan, xotin-qizlarga “ommaviy madaniyat”ning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berilib, internetning ijobiy va salbiy xususiyatlari tushuntirildi.

– Xotin-qizlarimizni  vatanga sadoqatli qilib tarbiyalash, turli xil zararli illatlar ta’siridan asrash, ularda tadbirkorlik va ishbilarmonlik ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor berishimiz kerak, – deydi viloyat “Qalb nuri” markazi rahbari Nodira Alimova. – Ochiq muloqotda  xotin-qizlarning ish bilan bandligini ta’minlash masalasiga ham keng e’tibor qaratildi.

–  Men ishsizman, –  deydi Sharof Rashidov tumanidagi Yakkaqayrag‘och  MFYda yashovchi Matluba Abdukarimova. – Turmush o‘rtog‘im nogiron. Ijarada yashaymiz. Uy olish uchun ko‘p joyga murojaat qildim. O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” bo‘limiga murojaat qilganimdan so‘ng, ular meni tumandagi “Xolmo‘min-Zohid” fermer xo‘jaligi rahbari bilan uchrashtirishdi. Ayni paytda fermer xo‘jaligi ishchilari uchun qurilgan uylardan birida istiqomat qilyapmiz.  Turmush o‘rtog‘im bilan shu yerda ishlayapmiz. Buning uchun partiyaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Ochiq muloqot davomida Sh.Rashidov tumanidagi yana 3 nafar kollej bitiruvchisi “Feruza osmon jilosi” fermer xo‘jaligi qoshidagi qandolat sexi bilan shartnoma  imzolashdi.

Tadbir savol-javob va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan  savollarga javob olishdi.

                                                              Saida UMARALIYEVA,

                                                                   O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

                                                                   matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1384
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+