O‘zLiDeP deputatlari tadbirkorga tuman issiqlik manbai binosini “nol” qiymatda olishda amaliy yordam ko‘rsatadi

07.02.2018, 18:53

O‘zLiDeP deputatlari tadbirkorga tuman issiqlik manbai binosini “nol” qiymatda olishda amaliy yordam ko‘rsatadi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashiga fuqarolar tomonidan qilinayotgan har qanday murojaat e’tibordan chetda qolmaydi. Do‘stlik tumanidagi canoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sayyor qabul fikrimizning yaqqol isbotidir.            

Tumandagi “Oltin vodiy” QFY, “Saritepa” QFY hamda “Navro‘z” ShFY aholisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, mahalla raislari partiya viloyat Kengashi ishchi guruhi a’zolari ishtirok etgan  sayyor qabulda ijtimoiy muhofaza sohasiga oid masalalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish hamda bankdan kredit olish masalalari muhokama etildi.

– 3 yoshli farzandimni maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirishda muammolarga duch keldim, – deydi “Oltin vodiy” QFY, Kattaqo‘rg‘on ko‘chasida yashovchi Marg‘uba Anarova. – Sayyor qabulda ushbu masala yuzasidan Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolariga murojaat etdim. Murojaatim yuzasidan “Feruza” MTM rahbari Nasiba Norqo‘ziyeva farzandimni bog‘cha tarbiyasiga oladigan bo‘ldi.

“Navro‘z” ShFYda yashovchi Sayyora Shaymardonova ham sayyor qabulda ish so‘rab murojaat qildi. Ushbu masala tuman bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari Kamol Esirgapov tomonidan nazoratga olindi.

– Tadbirkorlik faoliyatimni boshlash maqsadida tuman issiqlik manbai binosini “nol” qiymatida olish uchun amaliy yordam so‘rab murojaat qildim, – deyli A.Navoiy MFY, A.Yassaviy ko‘chasida yashovchi Zulayho Meliboyeva. – Ushbu masala Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Do‘stmamat Qodirqulov nazoratga olib, Do‘stlik tumani iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha xokim o‘rinbosari Baxodir Doniyorovga tegishli tartibda deputatlik so‘rovi yuborishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, sayyor qabulda ishtirok etgan Gulzor ko‘chasida yashovchi Manzura Xolzakovaning bank krediti olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati ham ijobiy hal etildi.

A.YAKUBOV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashining

jismoniy va yuridik shaxslarning

murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1491
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+